02:16 / 07.06.2018
16641

O‘rtoqlik o‘yini. Belgiya Misrni yirik hisobda mag‘lub etdi

Foto: Getty Images

Belgiya terma jamoasi jahon chempionati arafasida Misr bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. "Qirol Boduen" stadionida kechgan uchrashuv Belgiyaning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi – 3:0.

O‘yinning 27-daqiqasida Lukaku hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 11 daqiqa o‘tib, Azar oradagi farqni oshirdi. So‘nggi daqiqalarda Fellayni ham o‘z hisobiga 1ta gol yozib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi. 

Belgiya – Misr 3:0

Gollar: 1:0 – 27 Lukaku, 2:0 – 38 Azar, 3:0 – 90 Fellayni.
Belgiya – Kurtua, Siman, Vertongen (Boyata, 81), Mene (Azar, 70), Alderveyreld, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko, Vittsel (Fellayni, 46), Azar (Yanuzay, 46), Mertens (Shadli, 46), Lukaku (Batshuayi, 46).
Misr – El-Xadari (El-Shenavi, 46), Gabr, Abdel-Shafi, Fatxi (Al-Muxammadi, 71), Xegazi, El-Said, El-Nenni, Xamed (Morsi, 62), Uarda (Gaber, 79), Sobxi (Kaxraba, 67), Moxsen (Trezege, 56).
Ogohlantirishlar: Xamed (2), Fatxi (8), El-Nenni (68).

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: 

Nigeriya – Chexiya 0:1
Gol: 0:1 – 25 Kalas.

Belarus – Vengriya 1:1
Gollar: 0:1 – 25 Varga, 1:1 – 26 Saroka.

Norvegiya – Panama 1:0
Gol: 1:0 – 4 King.

Mavzuga oid
Top