8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

18:21 / 08.06.2018 15661

Yanukovichni tiriklayin yoqib yuborishmoqchi bo‘lishgan - OAV

Foto: RIA Novosti / Grigoriy Sysoyev

Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan Vladimir Pavlenko so‘zlariga ko‘ra, 2014 yilda radikallar siyosatchini tiriklayin yoqib yubormoqchi bo‘lgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.

Pavlenkoning so‘zlariga ko‘ra, gap Xarkovdan bo‘lgan radikallar haqida boryapti, ular Yanukovichni Mintaqalar partiyasi qurultoyi munosabati bilan Xarkovga tashrifi vaqtida yoqib yubormoqchi bo‘lgan. Qotillikni tayyorlash ishlariga «Ozodlik» milliy partiyasi vakillaridan ikki guruhi, shuningdek, ularning tarafdorlari jalb etilgan.

«Agarda birinchi guruhning suiqasdi muvaffaqiyatsiz chiqsa, unda prezidentni o‘qotar quroldan o‘ldirish rejalashtirilgandi. Bunda prezident chiqqanida, uning qo‘riqlash xizmati ikkinchi guruh tomonidan o‘qqa tutilishi hamda prezidentning o‘zi otilishi, yoki uning kortejiga Molotov kokteyllari bilan hujum qilib, tiriklayin yoqib yuborish borasida rejalar bo‘lgan», - deya ma'lum qildi Pavlenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu haqdagi ma'lumot olinganidan so‘ng Yanukovichning shaharga tashrifi bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya kemasi harbiy-transport samolyoti bilan tutib olinganini ma'lum qilgandi. 

Top