19:22 / 08.06.2018
9144

APL qishki ta'til joriy etilganini e'lon qildi

Foto: Getty Images

Angliya Premer-Ligasi 2019/20 mavsumidan boshlab, fevral oyida 2 haftalik qishki ta'tilni joriy qildi.

Tanaffus shunday tuziladiki, APL o‘yinlari har doimgidek haftada bir marta o‘tkaziladi. Tur 5ta o‘yindan iborat 2ta blokka ajratiladi. Birinchi blok klublari o‘ynagan paytda, ikkinchi blok dam oladi va aksincha. Natijada, har bir klub kafolatlangan ta'tilga ega bo‘ladi, deb yozmoqda Sport24.ru.

Bundan tashqari, Angliya Kubogi 5-bosqich o‘yinlari haftaning o‘rtasiga ko‘chiriladi. Bahs durang bilan yakunlansa, g‘olib takroriy o‘yinda emas, balki qo‘shimcha vaqtlar va penaltilar seriyasida aniqlanadi.

Top