16:27 / 08.06.2018
8485

Firibgar sabab Koreyaga borish umididan ham, 4100 dollar pulidan ham ayrildi

Foto: AFP/ ROSLAN RAHMAN

7 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil yanvar oyi oxirida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani yashovchi X.K. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi R.A.ga Koreya Respublikasiga yuborishlikni va'da qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu shaxs fuqaroni aldab, undan 4100 AQSh dollari va 100 ming so‘m pullarini olib, shu kunga qadar  yashirinib yurganligi ma'lum bo‘lgan. 

X.K.ni ushlash choralari ko‘rilgan.

Top