10:41 / 08.06.2018
22101

Korrupsiyaga qarshi ekspertiza: tafsilotlar aniqlashtirildi

Foto: KUN.UZ

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish metodikasiga tuzatishlar kiritildi.  
 
Norma’ning yozishicha, birinchidan, korrupsiyaga qarshi ekspertizaning asosiy maqsadlari belgilandi – loyihalarda korruptsiogen omillar yuzaga kelishining oldini olish va fosh etish hamda ularni keyinchalik bartaraf etish.
 
Ikkinchidan, noaniq, bajarilishi qiyin va (yoki) jismoniy va yuridik shaxslarga malol keluvchi talablarni o‘z ichiga olgan korruptsiogen omillar ro‘yxati kengaytirildi. Yuridik va jismoniy shaxslarning xulq-atvori va faoliyatini bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan va asoslanmagan tarzda tartibga solishda aks etadigan, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining erkinligi cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlarni keragidan ortiq huquqiy tartibga solish ham ular jumlasiga kiradi.
 
Ma'lumot uchun: metodika korruptsiogen omillarning uchta asosiy toifasini ko‘rsatadi:

• huquqni qo‘llovchi uchun umumiy qoidalardan istisnolarni asossiz darajada keng doirada nazarda tutish yoki asossiz qo‘llash imkoniyatini belgilovchi;  
• noaniq, bajarilishi qiyin va (yoki) jismoniy va yuridik shaxslarga malol keluvchi talablarni o‘z ichiga olgan;
• huquqiy tartibga solishda kamchiliklar mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lgan.    
 
Loyiha tartibga soladigan huquqiy munosabatlar xususiyatini inobatga olgan holda boshqa normalar ham korruptsiogen omillar sifatida baholanishi mumkin.
 
Uchinchidan, korrupsiyaga qarshi ekspertiza adliya organlari tomonidan NHH loyihalarini (barcha turdagi: qonunchilik, qonunosti va idoraviy hujjatlarni) huquqiy ekspertizadan o‘tkazish doirasida o‘tkaziladi. Tuzatishlar mustaqil ekspertlarni va tor ixtisoslikdagi mutaxassislarni uni o‘tkazishga jalb etish imkoniyatini beradi.
 
To‘rtinchidan, endi korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari bo‘yicha barcha fikr-mulohazalarni inobatga olish majburiy bo‘lib, loyiha huquqiy ekspertizaga takroran kiritilganda ular bartaraf etilgan bo‘lishi kerak. Ilgari bunday fikr-mulohazalar faqat idoraviy NHH uchun majburiy bo‘lib, qolgan loyihalar uchun esa tavsiya tusiga ega edi.   
 
Beshinchidan, amaldagi hujjatlar quyidagi asoslarga ko‘ra korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi:

• adliya organlari, davlat organlari va tashkilotlarining ish rejalari;
• jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
• jamoatchilik nazorati sub'yektlarining takliflari va tavsiyalari;
• maqolalar va OAVga kelib tushgan boshqa materiallarni o‘rganish natijalari.
 
Hujjat 5.06.2018 yildan kuchga kirdi.    

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tibbiyotda yil boshidan beri qancha shaxs korrupsiya va poraxo‘rlik uchun javobgarlikka tortilgani aytilgandi.

Top