06:17 / 08.06.2018
69777

O‘rtoqlik o‘yini. Urugvay terma jamoasi O‘zbekistonni yirik hisobda yengdi

Foto: Ole

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati arafasida bo‘lib o‘tayotgan o‘rtoqlik uchrashuvlari doirasida Urugvayga qarshi maydonga tushdi. 

Montevideodagi «Sentenario» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 32-daqiqasida de Arraskaeta hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikiinchi bo‘limning 9-daqiqasida Suares penaltini aniq amalga oshirdi. O‘yindagi so‘nggi gol 73-daqiqada Ximenes tomonidan kiritildi. 
 
Urugvay – O‘zbekiston 3:0
Gollar:
1:0 – 32 de Arraskaeta, 2:0 – 54, penalti Suares, 3:0 – 73 Ximenes.
Urugvay – Muslera, Ximenes, Kaseres, Maksi Pereyra (Laksalt, 59), Godin, Nandes (Rodriges, 46), Vesino (Torreyra, 59), de Arraskaeta (Sanches, 65), Bentankur, Suares (Stuani, 83), Kavani (Maksi Gomes, 76).
O‘zbekiston – Suyunov, Ashurmatov, Muxammadiyev (Otaxonov, 58), Komilov, Hamrobekov (G‘iyosov, 73), Siddiqov (Shixov, 81), Turg‘unboyev (Yaxshiboyev, 58), Masharipov, G‘aniyev (Aliboyev, 73), Azamov, O‘rinboyev (Abduholiqov, 46).
Ogohlantirishlar: Masharipov (8), Ashurmatov (57), Vesino (57).
Chetlatish: Komilov (79).

Foto: Twitter/Uruguay
Foto: Twitter/Uruguay
Foto: Twitter/Uruguay
Foto: Twitter/Uruguay
Foto: Twitter/Uruguay
Foto: Twitter/Uruguay
Foto: Twitter/Uruguay
Top