09:47 / 08.06.2018
8932

Jonson yopiq uchrashuvda Meyni keskin tanqid qilgan va Trampni maqtagan

Foto: Flickr

Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson o‘z tarafdorlari va Tori partiyasi donorlarining yopiq uchrashuvi vaqtida Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni keskin tanqid qilgan, deb xabar bermoqda Buzzfeed.

Nashr Jonsonning tadbirdagi nutqi matni bilan tanishishga muvaffaq bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukumati Brexit bo‘yicha kelishuvdan avvalgiga qaraganda kamroq muvaffaqiyatli yakunni kutmoqda. Bundan tashqari, vazirning qayd etishicha, AQSh prezidenti Donald Trampdan «borgan sari zavqlanmoqda».

Shuningdek, Jonsonning aytishicha, Buyuk Britaniya hozirgi vaqtda «Kremlning dushmanlik kayfiyatidagi xatti-harakatlariga» qarshi kurashda yetakchi o‘rin tutmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanadadagi G7 sammitida Mey Rossiyada tashkil etilgan kiberhujumlar bilan kurash uchun «tezkor reaksiya bildirish xalqaro guruhi»ni tashkil etish taklifi bilan chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya AQShning F-35 qiruvchilarini muddatdan avval qabul qilib olgani xabar qilingandi.

Top