11:35 / 09.06.2018
45034

Ekologiya uchun eng xavfli shaharlar ma'lum. Toshkent nechanchi o‘rinda?

Seul/Foto: Colourbox

Ekologiya uchun dunyodagi eng xavfli shaharlar ma'lum qilindi. Aholi punktlari ro‘yxati Dunyodagi uglerod izi xususiyatlari modeli loyihasi (GGMCF) tomonidan taqdim etilgan.

Reytingni tuzish uchun norvegiyalik, shvetsiyalik, amerikalik va yaponiyalik olimlar ma'lumot yig‘ish bilan shug‘ullandi.

Atrof-muhitni eng ifloslantiruvchi shahar sifatida Seul tan olindi. Janubiy Koreya poytaxti yiliga 276.1 megatonna karbonat angidrid gazi ishlab chiqaradi. Undan keyin Guanchjou (272 megatonna), Nyu-York (233,5 megatonna), Gonkong (208,5 megatonna) joy oldi, “yetakchilar” beshligiga esa Los-Anjyeles yiliga 196,4 megatonna karbonat angidrid gazi bilan yakun yasab berdi.

Shuningdek, ilk o‘nlikdan Shanxay (181 megatonna), Singapur (161,1 megatonna), Chikago (152,9 megatonna), Tokio va Yokogama aglomeratsiyasi (132,8 megatonna) hamda Ar-Riyod (118,8 megatonna) joy oldi. Dubay esa 110,8 megatonna bilan 11-pog‘onani egalladi.

O‘zbekiston poytaxti Toshkent ekologiyaga eng ko‘p zarar yetkazuvchi shaharlar ro‘yxatida yiliga 7,1 megatonna karbonat angidrid gazi bilan 305-pog‘onadan joy oldi.

Rossiya poytaxti Moskva ro‘yxatda 15-o‘rinni (99,5 megatonna) egallagan bo‘lsa, Qozog‘istonning Olmaotasi 95-pog‘onadan (25 megatonna) joy oldi. Qozog‘iston poytaxti Ostona 12,9 megatonna bilan 178-o‘rinda qayd etildi. 

Turkmaniston poytaxti Ashxobod 211-pog‘onani egalladi (10,5 megatonna). Ozarboyjonning Bokusi 8,7 megatonna bilan 260-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Qozog‘istonning Aktyubinsk shahri 421-pog‘onada qayd etildi (5,3 megatonna). 

Top