07:58 / 11.06.2018
15325

«Qo‘yliq» bozorida ishlovchi sotuvchini 202 mln so‘mlik go‘shtga «uxlatishdi»

Illyustrativ foto/ KUN.UZ

Toshkent shahar IIBBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 25 fevraldan 11 martgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Olmazor tumanida yashovchi M.T. va qo‘shnisi J.T. “Qo‘yliq” dehqon bozorida go‘sht mahsulotini sotish bilan shug‘ullanuvchi D.K.dan umumiy qiymati 202.098.000 so‘mlik 1 tonna 278,50 kg. qoramol go‘shti mahsulotini pulini berish sharti bilan olgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular go‘sht mahsuloti pulini shu kungacha bermay kelayotganliklari ma'lum bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida M.T. va J.T. ushlangan.

Top