18:37 / 11.06.2018
23674
Surxondaryodagi qoramol bozorida qotillik yuz berdi
Illyustrativ foto/bessarabiainform

10 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi A.Ch. “Achamoyli” qoramol bozorida o‘zaro janjal oqibatida Mustaqillik mahallasida yashagan A.A.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada A.A. voqea joyida vafot etgan. A.Ch. ushlangan.

Top