01:28 / 11.06.2018
88768

Tatyana Karimova omma oldida ko‘rinish berdi - fotolar

Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi kanallarda og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etgani haqida mish-mish tarqalgan, keyinchalik bu xabar inkor etilgan Tatyana Karimova yana omma oldida ko‘rinish berdi.

Foto: Facebook/IslamKarimovFoundation

Bugun Tatyana Karimova Islom Karimov Fondining chet elda ta'lim olish grantlarining stipendiatlari — Muzaffar Maksumov, Aleksandra Kim, Gulyuzbonu Ro‘ziboyeva va Stefaniya Abbosovalar bilan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada uchrashdi, — deb yozmoqda Islom Karimov fondining Feysbukdagi sahifasi.

Foto: Facebook/IslamKarimovFoundation

O‘z so‘zlarida Tatyana Akbarovna yoshlarga ilg‘or chet el o‘quv maskanlaridagi o‘qishlarida omad, egallagan bilimlarini Vatanimiz ravnaqi yo‘lida qo‘llashlarini tiladi.

Foto: Facebook/IslamKarimovFoundation

So‘nggi bir yarim yil ichida o‘zbekistonlik 23 nafar yigit-qizlar Karimov Fondining tahsil grantlarini qo‘lga kiritib, magistratura dasturi bo‘yicha Yevropaning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, deyiladi xabarda.

Top