20:55 / 12.06.2018
9600

UZ domenida ro‘yxatga olingan nomlar miqdori ma'lum qilindi

O‘zbekiston milliy domen hududi .uz hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan domenlar soni 60 mingdan oshdi. Bu haqda cctld.uz xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, ayni vaqtga kelib, faol domenlar soni 60 012tani tashkil qilmoqda.

Yil boshidan buyon bu borada o‘sish ko‘rsatkichi, 5,4 foizni tashkil qildi. 2018 yildan buyon jami 13 341 domen ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, 5315ta nomlar muddati tugaganligi tufayli tizimdan o‘chirildi. 

Eng ko‘p domenlar registratsiyasi SUVAN NET ro‘yxatdan o‘tkazuvchisi tomonidan o‘tkazilgan. Eslatib o‘tamiz, ma'lum muddat avval mazkur tashkilot istalgan harflar yordamida uch harfli domenlarni ommaviy ro‘yxatdan o‘tkazgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top