8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

16:21 / 13.06.2018 78229

JCh-2026 qayerda o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi

AQSh, Kanada va Meksikaning futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqi uchun qo‘shma arizasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kongressidagi ovoz berish yakunlari bo‘yicha g‘alaba qozondi. 

Shimoliy Amerika birlashgan arizasiga tashkilot ijroiya qo‘mitasining 67 foiz a'zosi ovoz berdi.

2026 yilgi jahon chempionati 48 ishtirokchi bilan o‘tadigan tarixdagi ilk shunday musobaqaga aylanadi.

Avvaliga mundialni o‘tkazish huquqi uchun oltita ariza kurash olib bordi, biroq FIFA kongressining hal qiluvchi tanlovi oldida ikkitasi qoldi: Marokash va AQSh, Kanada hamda Meksikaning qo‘shma arizasi.

Foto: Getty Images
Foto: Sergei Karpukhin/Reuters

AQShda jahon chempionati 1994 yilda o‘tkazilgan bo‘lsa, Meksika mundialga ikki bor - 1970 va 1986 yilda mezbonlik qilgan.

Teglar

Top