8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

19:31 / 14.06.2018 9924

Ravshan Ermatov, Xayrulla Hamidov va Davron Fayziyev dastxati tushirilgan JCh-2018 to‘plarini yutib oling!

Futbol olamidagi eng katta voqea – Jahon chempionati startiga sanoqli soatlar qoldi. Futbol muxlislari uchun katta bayram o‘laroq bu turnir bir oydan oshiqroq davom etadi. Dunyoning sara terma jamoalari sayyoraning eng zo‘ri bo‘lish uchun kuch sinashadilar.

Foto: Olcha.uz

Ana shu turnir shukuhidan chetda qolmaslik uchun Olcha.uz internet do‘koni Siz azizlarga ajoyib sovg‘alar tayyorladi. 32 kun davom etadigan aksiyada nafaqat futbol ishqibozlari, balki hamma ishtirok etishi mumkin.

Demak, Olcha.uz’dan “32”aksiyasi!

Dunyoning yetakchi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov o‘z brigadasi bilan Jahon chempionati o‘yinlarida ishlash uchun ketishdan oldin biz taqdim etajak 32 to‘pga o‘z dastxatini qoldirdi.

Shuningdek, ushbu to‘plarga taniqli futbol sharhlovchilari Xayrulla Hamidov va Davron Fayziyev ham imzo chekkan!

Ana shu dastxatlar tushirilgan 2018 yilgi Jahon chempionati to‘plari aynan Sizniki bo‘lishi mumkin!

YouTube

Tas-IX

Buning uchun Olcha.uz internet do‘konidan biror buyum xarid qiling. Nima xarid qilishingizning ahamiyati yo‘q, asosiysi, uning qiymati 100 ming so‘mdan yuqori bo‘lsa bas!

Bilingki, Muhammad Saloh, Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Isko Alarkon, Edinson Kavani, Neymar, Harri Keyn, Xames Rodriges, Eden Azar va boshqa yulduzlar ham aynan biz Sizga taqdim etmoqchi bo‘lganimiz kabi to‘plarda o‘ynaydilar – gollar uradilar, g‘alabalar qozonadilar. Lekin ularda Ravshan Ermatov, Xayrulla Hamidov va Davron Fayziyevning dastxatlari bo‘lmaydi.

Foto: Olcha.uz

Aktsiya g‘oliblari tasodifiy tanlash usuli orqali Random.org saytida aniqlanadi.

Aktsiya g‘oliblari aniqlanadigan sanalar:

29 iyun 2018 yil – 16 nafar g‘olib

15 iyul 2018 yil – 16 nafar g‘olib

Batafsil ma'lumot Olcha.uz saytida.

Reklama huquqi asosida

Teglar

Top