19:33 / 14.06.2018
12086

Saloh Urugvayga qarshi o‘ynashga tayyor

Foto: REUTERS

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh JCh-2018 guruh bosqichining ilk turidan o‘rin olgan Urugvayga qarshi bahsda maydonga tushadi. 

Sky Sports xabariga ko‘ra, futbolchi yelkasidan olgan jarohatdan to‘liq forig‘ bo‘lgan va umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Misr va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 15 iyun kuni Yekaterinburgda o‘tkaziladi.

Top