8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

22:15 / 14.06.2018 10795

Stanislav Govoruxin hayotdan ko‘z yumdi

Rossiyalik mashhur rejissyor Stanislav Govoruxin 82 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin bergan ma'lumotga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi. 

"Sizlariga shuni ma'lum qilmoqchimanki, bugun soat 10:37 da "Barvixa" sanatoriysida og‘ir va davomli kasallikdan so‘ng hamkasbimiz Stanislav Sergeyevich Govoruxin bu dunyoni tark etdi. U kasallik bilan oxirigacha kurashdi, biroq kasallik uni yengdi", - dedi Volodin.

Deputatlar kinematografist xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yodga olishdi. Dafn qilish vaqti va joyi hozircha noma'lum.

Stanislav Govoruxin ko‘p seriyali "Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi" filmi orqali tanilgan. U shuningdek "O‘nta negr bolasi", "Kapitan Grantni izlab", "Vertikal" va boshqa lentalarni tasvirga olgan. 

Top