17:28 / 14.06.2018
34146
Toshkent savdo markazi – afsonaviy “GUM”ning yangi hayoti!
Foto: Toshkent savdo markazi

Yangilangan – Toshkent savdo markazining tantanali ochilish bayramiga juda oz qoldi, 17 iyun soat 12:00 da sermazmun, yorqin va juda quvnoq bo‘lishi kutilmoqda! Tadbir tashkilotchilari ochilish marosimining madaniy dasturini hafsala bilan tayyorladilar – o‘zbek estradasining sevimli yulduzlari hamda performans-artistlar taklif etilgan, musiqiy ohanglar did bilan tanlangan. Jumladan, “UMMON”,“BeNOM” guruhlari hamda xushovoz xonanda JASUR UMIROV o‘zlarining musiqiy chiqishlari bilan mehmonlar ko‘nglini xushnud etishadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, shu kuni quvnoq animatorlar ishtirokida bolajonlarimiz ertaklarning sehrli olamiga tushib qolish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Qolaversa, Toshkent savdo markaziga tashrif buyurgan mehmonlarni 50 foizgacha bo‘lgan chegirmalar kutmokda.

Foto: Toshkent savdo markazi

Toshkent savdo markazining vakili: “Ushbu markaz chakana savdo uchun mo‘ljallangan navbatdagi oddiy "ulkan beton quti" emas, balki o‘z ruhiyati, katta tarixiga ega makon! Uni yorqin kelajak kutmoqda!” deya ta'kidladi.

Markazning savdo maydonlarini rejalashtirish hozirgi zamon iste'molchisi talablarini inobatga olgan holda amalga oshirildi. Brend liboslar, poyabzal, upa-elik, texnika va ko‘plab boshqa mollar sotiluvchi do‘konlardan tashqari bu yerda  avtoulovlar uchun turargoh tashkil etilgan.Birinchi qavatda milliy taomlar restorani joylashgan, pastki qavat esa zargarlik buyumlari va ulgurji savdo do‘konlari uchun ajratilgan. Toshkent savdo markazida xaridor o‘zi izlayotgan har qanday narsani topadi!

Foto: Toshkent savdo markazi
Foto: Toshkent savdo markazi
Foto: Toshkent savdo markazi
Foto: Toshkent savdo markazi

Chakana sotuvchilarning to‘liq ro‘yxati hali e'lon qilinmagan bo‘lsa-da, ular orasida uchinchi qavatda joylashgan BOSCH maishiy texnika vositalari do‘koni, Radius Mobile, Selfie, Terra-Pro, X-Sport do‘konlari va OSCAR mebel do‘koni kabilarni alohida e'tirof etish mumkin.

Toshkent savdo markazi poytaxtimiz aholisi va mehmonlarining mehrini qozonish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishga shay!

Toshkent savdo markazi 17 iyun kuni soat 12:00da barchangizni tantanali ochilish marosimida kutib qoladi. Ochilish marosimiga tashrif buyuring, sizga quvnoq kayfiyat hamrohlik qiladi!

Instagram: instagram.com/toshkent_savdomarkazi/

Telegram: t.me/Toshkent_SavdoMarkazi

Manzilimiz: Chorsu maydoni, 3A

Mo‘ljal: “Chorsu” metro bekati (Oldingi GUM).

Reklama huquqi asosida 

Top