08:24 / 14.06.2018
24079

Tramp: «Men Rossiya tarafdori emasman» 

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan bir stolda o‘tirganida, undan nimani so‘rashi mumkin ekanini aytdi. Bu haqda u Fox News’ga bergan intervyusida ma'lum qilgan, jurnalist Aaron Rupar undan bir parchani tvitterda joylashtirdi.

Telekanal jurnalisti Amerika prezidentidan Rossiya ishtirokidagi «Katta sakkizlik» shaklini qaytarish haqidagi so‘zlariga izoh berishni so‘radi.

Trampning ta'kidlashicha, bu foydali bo‘lardi, sababi «Katta sakkizlik» sammiti qatnashchilari Rossiyani muhokama qilishga o‘z vaqtlarining to‘rtdan bir qismini sarflashdi.

«Men Rossiya uchun emasman. Men AQSh uchunman. Biroq, agarda, masalan, Putin men bilan o‘shanda, Kanadada bir stolda o‘tirganida (G7 sammiti vaqtida - tah.), men shunday degan bo‘lardim: «Bir ish qilmaysizmi? Suriyadan chiqib ketasizmi? Ukrainadan chiqib ketasizmi? U yerda sizlarning bo‘lishingiz kerak emas», - dedi Tramp.

Shuningdek, AQSh prezidentining xabar qilishicha, Putin bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatishiga ishonchi komil. Trampning xulosa qilishicha, agarda Rossiya prezidenti sammitda bo‘lganida, undan butun dunyo uchun foydali bo‘lgan narsalarni qilish haqida so‘rash imkoniyati paydo bo‘lardi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh-KXDR sammiti Rossiya va Xitoy tashvishiga sabab bo‘lgani xabar qilingandi

Top