8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:20 / 14.06.2018 7849

Janubiy Koreya prezidenti Tramp va Kim Chen In uchrashuviga izoh berdi

Foto: Kim Hong-Ji/Pool Photo/AP

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Singapurda AQSh va KXDR o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sammitga «katta muvaffaqiyat» deb baho berdi. Bu haqda «Ryonxap» xabar qilmoqda.

Mun Chje Inning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi natijalari turlicha baholanmoqda.

«Bu yerdagi eng muhim holat shundan iboratki, ushbu uchrashuv butun dunyoga, jumladan, AQSh, Yaponiya va Xitoyga, yadroviy urush hamda qit'alararo ballistik raketalar tahdididan qochishga imkon berdi», - deya ma'lum qilgan In.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh KXDRga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni qachon bekor qilishi aytilgandi

Top