08:59 / 15.06.2018
6996

Nazarboyev Tataristonga bordi

Foto: Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Nazarboyevning matbuot xizmati xabarida aytiladi.  

«Davlat rahbari tashrif doirasida Tatariston respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashadi, shuningdek, Qozon federal universitetiga boradi», - deyiladi xabarda.

Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi, senati, 31 may kuni Xavfsizlik kengashi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Unga ko‘ra, amaldagi prezident Nursulton Nazarboyev Xavfsizlik kengashiga umrbod rahbarlik qiladi.

Shuningdek, Nazarboyev Qozog‘iston hukumati va parlamentini qozoq tilida ishlashga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top