14:19 / 15.06.2018
13646

Video: Kiyev teleminorasini yashin urdi

14 iyun kuni kechqurun Kiyev teleminorasini yashin urdi. Bu haqda fotosuratchi Aleksandr Gusev Facebook’da xabar bergan.

Qayd etilishicha, yashin teleminorani momaqaldiroq vaqtida besh marta urgan.

Fotosuratchi yashin urishiga aloqador qator foto va videoni olishga muvaffaq bo‘ldi. U tegishli kadrlarni ijtimoiy tarmoqda joylashtirgan.

Kecha Kiyev shahri ma'muriyati uylar derazalarini qattiq yopish, ko‘chalarda esa reklama shchitlari, elektr uzatish tarmoqlari va daraxtlardan uzoqroq bo‘lishni tavsiya etgan.

Mavzuga oid
Top