12:48 / 16.06.2018
63600

IIV saytida G‘ofur Rahimov qidiruvga berilgani haqida ma'lumot joylashtirildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ishbilarmon, Xalqaro boks federatsiyasi - AIBA prezidenti vazifasini bajarayotgan G‘ofur Rahimovni qidiruvga berdi. Bundan IIV saytidagi tegishli ma'lumotlar darak beryapti.

Unga ko‘ra, 1951 yil 22 iyulda tavallud topgan Rahimov G‘ofur-Arslonbek Ahmedovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi A-bandi (Tovlamachilik), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 228-moddasi 3-qismida (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda.

Skrinshot

Shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i ekani aytilayotgan Lola Rahimova ham qidiruvga berilgan.

Skrinshot

IIV ma'lumotiga ko‘ra, 1967 yil 24 iyunda tug‘ilgan Rahimova Lola Jabbarovna O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi A-bandi (Tovlamachilik), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 228-moddasi 3-qismida (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda.

Avvalroq, G‘ofur Rahimov hech qachon uyushgan jinoyatchilikka aloqador bo‘lmagani haqida bayonot bergandi

Top