11:35 / 17.06.2018
5415

Nyu-Yorkdagi yirik yong‘inni o‘chirish vaqtida 20 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat oldi

Foto: @FDNY / twitter.com

Nyu-York shahrining Steyten-Aylend tumanida yuz bergan yong‘inni o‘chirish davomida 20 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat oldi. Bu haqda 17 iyunda shaharning o‘t o‘chirish xizmati ma'lum qildi

Kamida 5 ta bino yong‘in ichida qolgan. Yong‘inni o‘chirishda 250 nafar o‘t o‘chiruvchi ishtirok etgan.

Ulardan kamida 20 nafari turli jarohatlar olgan. Ma'lum qilinishicha, ulardan 4 nafariga jiddiy jarohat yetgan.

Top