02:50 / 17.06.2018
36304

Zokirjon Almatov Andijonda tayanch punkti ochilishida ishtirok etdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov Andijon shahrida bo‘lib, “Mirpo‘stin ota” ziyoratgohidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, “Yoyilma” mahallasidagi 16-tayanch punktining ochilish marosimida ishtirok etdi. Hudud profilaktika inspektori xizmat uyidagi shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Vazir maslahatchisi mas'ul xodimlar bilan birga Andijon shahar hokimligining majlislar zalida shahar-tumanlar IIB xodimlari, ushbu shahar-tumanlar hokimlarining xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi kengashlari raislari, bosh imom xatiblar hamda boshqa jamoatchilik instituti vakillari bilan jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda osoyishtaliklarini ta'minlash, yoshlarni turli yot g‘oyalardan saqlash borasida uzviy hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Zokirjon Almatov Andijon viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Foto: KUN.UZ

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, o‘z xalqimizning sevimli aktyori Yodgor Sa'diyev bilan ham dildan suhbat o‘tkazildi. Mashhur aktyor ijrosidagi go‘zal qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Sho‘x taronalar ularni davraga chorladi. Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan uchrashuv bir umrga esda qolarli bo‘lganligini ta'kidlanib, mehmonlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Elmurod Ermatov,
KUN.UZ muxbiri Andijon

Top