13:51 / 19.06.2018
3889

Yaponiya AQSh bilan qo‘shma harbiy mashqlar davom ettirilishini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Yaponiya Mudofaa vazirligi rahbari Itsunori Onoderaning ma'lum qilishicha, Yaponiya AQSh bilan birgalikdagi harbiy mashqlar bo‘yicha rejalarni qayta ko‘rib chiqmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Koreya yarim orolidan tashqarida o‘tkazilayotgan mashqlarda o‘zgarishlar nazarda tutilmagan. Bu Amerika tomoni bilan ham muvofiqlashtirib olingan.

«Avvalroq Pentagon rahbari Jyeyms Mettis bilan o‘zaro muloqot chog‘ida, biz Yaponiya-Amerika mashqlari, xuddi avvalgidek, to‘la hajmda o‘tkazilishini tasdiqlab oldik», - deya aytib o‘tdi Onodera.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Janubiy Koreya qo‘shma mashqlar to‘xtatilgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top