11:15 / 19.06.2018
13954

«Fuqarolarimizga ov uyushtirilmoqda». Rossiyaning AQShdagi elchixonasi bayonot bilan chiqdi

Foto: AP /Alexander Zemlianichenko

Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Amerika tomonida sudlanganlarni ozod qilishni talab etishga ma'nan huquq yo‘qligini ma'lum qildi. Sababi Vashington uchinchi davlatlar hududida Rossiya fuqarolariga «doimiy ov» uyushtirmoqda. Bu haqda elchixona feysbukdagi sahifasida xabar bergan.

Elchixonadan ta'kidlashlaricha, Amerika tomoniga Rossiyaning og‘ir jinoyatlar uchun qonuniy asoslarda sudlangan mahbuslarni ozod etish bo‘yicha pozitsiyasi ma'lumdir. Bayonotda ta'kidlanishicha, AQSh tashqi siyosat idorasi vakili Xizer Nauert himoya qilayotgan shaxslar orasida terrorizm uchun sudlanganlar ham bor.

«Amerika isteblishmentida Rossiyani ayblash va kimnidir ozod etishni talab qilishga hech qanday ma'nan huquq yo‘qdir. Buning ustiga, uchinchi davlatlarda Rossiya fuqarolariga doimiy ravishda ov uyushtirilmoqda», - deyiladi bayonotda.

Elchixona AQShni Rossiya ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirgan. Bundan tashqari, Rossiya tomoni mamlakatning adolatsiz ravishda sudlangan fuqarolarini qaytarishni talab qildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin va Tramp nega uchrashishi kerakligi aytilgandi

Top