14:34 / 19.06.2018
71261

Maktab formasidagi bosh kiyim masalasi keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Foto: O‘zto‘qimachiliksanoat

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Xalq ta'lim vazirligi hukumatning yangi qarori loyihasini joylashtirgani haqida avval xabar berilgan edi.

Qayd etish o‘rinliki, “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi nafaqat ushbu portalda balki ijtimoiy tarmoqlarda ham fuqarolar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda hamda maktab libosi borasida turli-tuman jo‘yali fikrlar bildirilishiga asos bo‘lmoqda.

Qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e'lon qilinganidan so‘ng, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif yoki e'tirozlarning aksariyati qaror loyihasining 9-bandiga, ayrimlari maktab formalari faqat “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan yetkazib berilishiga nisbatan bildirilgan.

Quyida fikr-mulohazalarning ayrimlarini e'tiboringizga havola qilamiz.

Bildirilgan ko‘p sonli izohlardan olingan ayrim iqtiboslar tugadi. Shu o‘rinda qayd etish kerak, mazkur maqola yozilayotgan vaqtda na O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, na Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, yoinki Adliya vazirligi vakillari keng muhokamaga sabab bo‘lgan qarorning 9-bandi bo‘yicha birorta fikr bildirmagan edi.

Ayni masala yuzasidan o‘zim ham XPK sessiyalaridan birida O‘zMI raisi, muftiy Usmonxon Alimov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akramovga savol bilan murojaat qilib, maktab formasi tasdiqlanishidan avval ota-onalar va maktab ma'muriyatlari o‘rtasida bir necha yillardan buyon ichki nizom ro‘kach qilingan holda og‘riqli tortishuvlardan biri bo‘lib kelgan bosh kiyim masalasiga uzil-kesil oydinlik kiritib ketishlarini so‘ragan edim. Afsuski, qaror loyihasidan ko‘rish mumkinki, bu masalaga yuqoridagi idoralar e'tibor bermagan ko‘rinadi.

Loyihaga bildirilgan fikr-mulohazalarni tahlil qilar ekanmiz, aytish mumkinki, maktabga bosh kiyim: do‘ppi yoki ro‘molda kelish masalasi hujjat qabul qilinmasdan va kuchga kirmasdan avval hal etilmasa, amaliyotda yana ko‘plab e'tirozlar va tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi turgan gap. Yana o‘sha holatlar takrorlanadi: farzandini ro‘molda maktabga borishini xohlagan ota-ona maktab direktori xonasiga chaqirtirilgan, tushuntirish xati yozdirilgan va hakozo.

Xullas, qarorni qabul qilishda demokratik va erkin jamiyat, bag‘rikenglik tamoyillariga qanchalik amal qilinadi, buni vaqt ko‘rsatadi.

Tolib Rahmatov

Top