03:14 / 19.06.2018
7924

YouTube faoliyatida uzilishlar kuzatildi

Foto: Reuters

Dunyo bo‘ylab YouTube videoxostingi foydalanuvchilari servisning faoliyatidagi muammolar haqida xabar bermoqda. Bu haqda ommabop internet servislarining faoliyatini kuzatib boradigan Downdetector sayti ma'lum qildi. 

"2018 yid 18 iyun kuni 15.38 EDT (Toshkent vaqti bilan 22:38) vaqtida YouTube faoliyatida xatolik bor", – deyiladi portal xabarida. 

Sayt bergan ma'lumotga ko‘ra, YouTube'ning 59 foiz foydalanuvchilari videoroliklarni ko‘rish bilan, 30 foizi saytga kirish bilan va 10 foizi akkauntga kirish bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilishmoqda. 

YouTube'ning Twitter'dagi rasmiy akkauntida servis faoliyatidagi xatoliklar tuzatilgani ma'lum qilindi. Hozir videoxostingdan foydalanishda muammolar kuzatilmayapti. 

Mavzuga oid
Top