Rossiya terma jamoasi jahon chempionati 2-turida Misr ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Rossiyaning ikkinchi goliga mualliflik qilgan Denis Cherishev uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, Cherishev 1-turdagi Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan bahsda ham eng yaxshi o‘yinchi sifatida e'tirof etilgandi.