10:43 / 22.06.2018
9455

Sayyohlar uchun eng xavfli mamlakatlar nomi e'lon qilindi

Foto: Global Look Press

Sayohat qilish uchun eng xavfli mamlakat – Tailand. Ikkinchi o‘rinda esa Chili va AQSh nomlari qayd etildi. 

Bir qarashda ro‘yxat g‘alati ko‘rinishi mumkin, biroq reyting muallifiga qarasangiz, hammasi tushunarli bo‘ladi. Ro‘yxat Buyuk Britaniyaning Endsleigh sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuzilgan. Kompaniya turli mamlakatlardagi sug‘urta holatlari haqida talay ma'lumotlarga ega. 

Tailand xavfliligi bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi, zero u yerda 2017 yil uchun rekord darajadagi (23 foiz) e'tirozlar qayd etilgan.

AQSh va Chilida bu ko‘rsatkich 15 foizni tashkil qiladi.

Ulardan keyingi o‘rinlarda Fransiya, Ispaniya va Germaniya nomlari keltirilgan. Shunisi ajablanarliki, sayyohlar eng ko‘p tunab ketilgan mamlakatlar sifatida Fransiya va Ispaniya qayd etilgan. 

Ro‘yxatni Nepal, Peru, Bagama orollari va Braziliya tugallaydi. 

Mavzuga oid
Top