13:45 / 24.06.2018
17774

Kimlar kommunal to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarga ega?

O‘zbekiston Prezidentining 2003 yil 27 martdagi Farmoniga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha eng kam ish haqi hisobidan tabaqalashtirilgan miqdorlarda oylik kompensatsiya pul to‘lovlari joriy etilgan. Huquqiy ahborot kanali uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi nizomga asosan kompensatsiya to‘lovlari kimlarga berilishi haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.

Quyidagi shaxslarga kommunal to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar beriladi:

  • 1941 — 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;
  • Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va «Slava» ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;
  • fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari;
  • Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;
  • ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironlari;
  • Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;
  • yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.
Top