12:50 / 25.06.2018
11424

Seul ko‘chasi investitsiyasiga tender e'lon qilindi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligi Seul ko‘chasi investitsiyasiga tender e'lon qilmoqda. Joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlarining do‘stona munosabatlarini ta'kidlash maqsadida Baynalmilal ko‘chasi Koreya uslubida rekonstruksiya etilishi ma'lum etilgan edi. Hozirda Baynalmilal ko‘chasining nomi Seul ko‘chasiga o‘zgartirilib, Beshyog‘ochdan Oqtepagacha bo‘lgan qismi ta'mirlanishi va poytaxtning eng chiroyli maskanlaridan biriga aylantirilishi rejalashtirilgan. 

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ko‘chaning tashqi ko‘rinishi o‘zbek va koreya arxitekturasiga xos bo‘lgan ramzlarni va xususiyatlarni o‘zida mujassam etadi va ikki xalq madaniyati orasidagi ko‘prik sifatida xizmat qiladi. Yangi boshlangan obodonlashtirish ishlarining asosiy maqsadlaridan biri bu ikki xalqga xos bo‘lgan landshaft elementlari, ranglar gammasi va arxitekturasidan kelib chiqqan holda umumiy, birlashgan dizayn yaratishdir, deyiladi hokimlik xabarida.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Hozirda yangi rekonstruksiya loyihasi ustida Janubiy Koreyadan taklif etilgan mutaxassislar va O‘zbekiston arxitektorlari ishlashmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ushbu loyihaga investitsiya qilish masalalari bo‘yicha feysbukdagi Toshkent shahar hokimligi rasmiy sahifasiga murojaat qilish mumkin.

Top