22:05 / 27.06.2018
11362

Diabetga chalinganlar uchun ilk insulin tabletkalari ishlab chiqildi

Amerikalik olimlar birinchi insulin tabletkalarini ishlab chiqishdi. Endi diabetga chalinganlar uchun zarur gormonni tabletka ko‘rinishida qabul qilish mumkin bo‘ladi. PNAS nashrida yangi dori shakliga tafsif berilgan. 

Butun dunyoda diabetdan aziyat chekuvchi 340 million kishi yashaydi. Ularning deyarli yarmiga kuniga bir nechtadan insulin inʼeksiyasi kerak bo‘ladi. Tadqiqotchilar agar insulinni shundayligicha olib ichilsa, modda darhol qon oqimiga tushmasligini yodga solishmoqda. Bundan tashqari, bu ancha kuchli gormon, uning me'yordan oshirilishi esa bemorlar uchun xavfli. 

Aksariyat diabetga chalinganlar insulinning tabletka shaklida bo‘lishini istashgan. Biroq hozirga qadar bunday dori shakli bo‘lmagan. Endi esa aqlli odamlar oshqozon suyuqligi ta'siri ostida o‘zining shifobaxsh xususiyatlarini yo‘qotmaydigan tabletkalarni o‘ylab topishdi. Insulin molekulalari qon oqimiga kerakli dozada boradi.

Loyihani amalga oshirish uchun maxsus qoplama ixtiro qilindi, kimyogarlar uni "ion suyuqligi" deb atashdi. Bu tuzlardan iborat suvsiz noyob substansiyadir, u qotishmadagi past harorat tufayli suyuqlikka o‘xshaydi. Bu dori uchun o‘ziga xos suyuq zirhdir.

Qoplama tabletka qabul qilingan paytda ichakdagi suyuqlik va fermentlar ta'siriga chidamli bo‘ladi. Kapsula individual darajadagi pH'ga moslashadi. U nordon muhitda o‘z tuzilmasini o‘zgartiradi. Ishqoriy ichakda ion suyuqligi sekin-asta tarqaladi va insulinni ozod qiladi.

Kashfiyot hozirda jonivorlarda sinovlardan o‘tmoqda. Mutaxassislar ularning insulin tabletkalari yaqin yillarda bemorlar uchun oddiy dorixonalarda sotilishiga umid bildirishmoqda. 

Top