22:57 / 28.06.2018
8961

Saakashvili sirtdan 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Tbilisi shahar sudi Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini sobiq deputat Valeriy Gelashvilini urgani uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum etdi.  

Bu Saakashviliga Gruziyada sirtdan chiqarilgan birinchi hukm emas. Yanvarda Saakashvili 2006 yilda “Gruziya birlashgan banki” xodimining o‘ldirilishi ishi bo‘yicha 3 yillik qamoq jazosiga tortilgandi.

Gruziya bosh prokuraturasi 2014 yilda Saakashviliga bir necha jinoiy ish bo‘yicha ayblovlar qo‘ygan. Bu jinoiy ishlar orasida davlat mablag‘larini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborish, 2007 yil 7 noyabrdagi namoyishni tarqatishda xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilish, deputat Gelashvilini do‘pposlash hamda qotillikda ishtirok etish kabi ishlar bo‘lgan.

Top