13:23 / 29.06.2018
23927
Sudyalar oliy kengashi raisi tayinlandi
Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Ubaydulla Mingboyev Sudyalar oliy kengashi raisi etib tayinlandi.

Ubaydulla Mingboyev bunga qadar O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoat markazi raisi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Top