10:35 / 29.06.2018
4150

O‘zbekiston va Airbus kosmik texnologiyalar sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilmoqda

Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo‘jayev Airbus Group korporatsiyasining Yevroosiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Silver Delone bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: mitc.uz
Foto: mitc.uz

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Yevropaning Airbus Group aerokosmik korporatsiyasiga qarashli Airbus Defence & Space kompaniyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur kompaniya harbiy va aerokosmik xizmatlarni ko‘rsatuvchi, uskunalar, mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik muassasa hisoblanadi.

Uchrashuvda tomonlar kosmik tadqiqotlarni tashkil qilish, yuqori texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirishni kelishib oldilar.

Foto: mitc.uz

 

Top