13:57 / 30.06.2018
9421

Qozog‘iston hukumatida yangi vazirlik tashkil etildi

Foto: Nur.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Respublikasining Din ishlari va fuqarolik jamiyati bo‘yicha vazirligini Ijtimoiy rivojlanish vazirligiga o‘zgartirdi.

Oqo‘rda saytida e'lon qilingan farmon matniga ko‘ra, vazirlikka Madaniyat va sport vazirligining jamoat roziligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish vazifalari hamda vakolatlari berildi.

Hukumatga davlat organlarining kadrlarini qayta taqsimlash va farmonni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish vazifasi topshirildi.

Mavzuga oid
Top