09:16 / 02.07.2018
7187

Boyqo‘ng‘ir kosmodromida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlab qo‘yildi 

Foto: RIA Novosti / Aleksey Filippov

Boyqo‘ng‘ir kosmodromida axborotning tashqariga chiqib ketishining oldini olish maqsadida xodimlarga ish vaqtida nafaqat ishchi kompyuterlardan, balki shaxsiy gadjyetlardan ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlab qo‘yildi. 

Avvalroq kosmodromda raqamli hujjat aylanishi joriy qilinishi, start oldi ishlar rejalari bo‘linmalar boshliqlariga maxsus ajratilgan planshetlarga yuborilishi ma'lum qilingan.  

“Xizmat axborotining tashqariga chiqib ketishining oldini olish va mehnat intizomini mustahkamlash maqsadida ishchilarga ish vaqtida mobil telefonlar, planshetlardan ijtimoiy tarmoqlarga va matnli xabarlar bilan almashish tizimlariga kirish taqiqlansin”, deyilgan buyruqda.

Hujjatda kirish taqiqlangan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar ro‘yxati keltirilgan. Ular orasida Telegram ham bor.

Kosmodrom direktori Yevgeniy Rakovskiy o‘zaro xabar almashish uchun korporativ elektron pochta xizmatidan foydalanishni talab qilgan. 

Kosmodromdagi manba hujjatning haqiqiyligini tasdiqlagan. 

Top