22:23 / 02.07.2018
75969

O‘zbekistonda bir turdagi transport vositasi boj to‘lovidan ozod etildi

Foto: Nissan

O‘zbekistonga olib kelinayotgan elektromobil bojxona to‘lovidan ozod etilmoqda. Bu haqda davlat rahbari imzolagan tegishli hujjatda  shunday deyiladi.

Unga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab xorijda ishlab chiqarilgan elektromobil vositalarini O‘zbekistonga olib kirishda boj to‘lovi undirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Changan kompaniyasi vakillari ham aynan shu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekistonda faoliyat olib borish istagida ekani aytilgandi. Ya'ni, Xitoyning yetakchi elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Farg‘ona vodiysida mahalliylashtirilgan elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Top