10:20 / 03.07.2018
4445

Sokratis «Arsenal» futbolchisiga aylandi

Foto: Fc Arsenal

«Borussiya» D klubining markaziy himoyachisi Sokratis Papastatopulos Londonning «Arsenal» klubiga o‘tdi.

«Qurolsozlar» 30 yoshli futbolchi transferi uchun 19 million yevro to‘ladilar.

Sokratis Gretsiyaning AYeK klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida «Niki Volos», «Jyenoa», «Milan» va «Verder» klublarida ham o‘ynagan. 

Papastatopulos «qovog‘arilar» safida 198ta o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan. Shuningdek, Gretsiya terma jamoasi safida 79ta o‘yinda maydonga tushgan.

Top