10:30 / 05.07.2018
13708

Havayidagi vulqon tufayli AQShning maydoni kengaydi

Foto: USGS

Havayi arxipelagidagi ulkan orolning maydoni ikki kvadrat kilometrdan ortiqroqqa kengaydi. Bunga bir necha oydan buyon to‘xtamayotgan Kilauea vulqonidan chiqayotgan lavaning Tinch okeaniga oqib tushishi sabab bo‘ldi, deb yozdi AQSh Geologiya xizmati o‘zining tvitter-akkauntida.

“Okeanga oqib tushgan lava 555 akr (2,25 kv. kilometr) yangi yerni hosil qildi”, — deyiladi xabarda.

Foto: USGS
Foto: USGS

 Lavaning aksariyat qismi Kapoxo buxtasiga oqib tushmoqda. Mutaxassislarning aytishlaricha, yangi yerning bir qismi keyinchalik cho‘kib ketishi mumkin.

Top