17:57 / 06.07.2018
30688

Farzandlaringiz «Zomin Sunrise»da ta'tilni maroqli o‘tkazadi

Yoz fasli maktab o‘quvchilari uchun tatil va maroqli xordiq payti.

Joriy iyul ham yozgi ta'tilning ikkinchi oyi sifatida oromgohlarning bolalar bilan gavjum davri hisoblanadi.

Kun.uz sayti Respublikadagi qator oromgohlarda bo‘lib maktab o‘quvchilarining dam olishi, bilimlarini mustahkamlashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar yoritilgan qator reportajlar berib bormoqda.

Sayt muxbirining navbatdagi reportaji Jizzax viloyati Zomin tumanidagi «Zomin Sunrise» bolalar oromgohidan bo‘ldi.


«2016 yilda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ushbu oromgoh yoz oylari davomida 12 kundan jami 6 mavsumda 1000 nafarga yaqin o‘quvchilarning dam olishi uchun mo‘ljallangan. Ayni damda bolalar oromgohida 3 mavsum davom etmoqda», — deydi Kun.uz muxbiri bilan suxbatda oromgoh raxbari To‘rabek Shodiyev .

«Zomin Sunrise» oromgohida o‘quvchilarning mazmunli xordiq chiqarishi, yangi o‘quv mavsumiga yaxshi kayfiyatda yo‘l olishlarini uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. Jumladan, zamonaviy, shinam turar joy, bolalar basseyni va 10dan ortiq sport to‘garaklari mavsum davomida o‘quvchilar xizmatida bo‘ladi.

 

Shuningdek, maxsus retseplar asosida tayyorlangan 6 mahal mazali ovqat,  bolalar aqliy salohiyatini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan treninglar, bouling musobaqalari, biznesning ilk saboqlarini o‘rgatishga mo‘ljallangan – biznes dars, ingliz tili o‘quv kursi, milliy va zamonaviy raqs hamda mohir qo‘llar  to‘garaklari ham oromgohning kichik mehmonlariga manzur bo‘lmoqda.

«Zomin Sunrise» bolalar oromgohi faoliyati davomida ijtimoiy foydali aksiyalarga ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Jumladan,  2017 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan   Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomli, Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomli, Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomli hamda Qoraqalpog‘istondagi Ibroyim Yusupov nomli ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va «Zomin Sunrise» bolalar oromgohi o‘rtasida imzolangan Memorandum asosida iqtidorli o‘quvchilariga yozgi tatilni o‘tkazish uchun 10tadan bepul yo‘llanmalar ajratildi.

 Xozirda oromgohda taqdim etilgan ana shunday bepul yo‘llanma asosida 3-mavsum ishtirokchilari, Qarshi shahridagi  maktabning iqtidorli o‘quvchilari dam olishmoqda.

Bunga qadar 1 mavsumda Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomli,

2 mavsumda Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomli maktab-internatlarining iqtidorli o‘quvchilari oromgohda unutilmas yozgi tatilni o‘tkazishgan edi.

 Tatil vaqtini maroqli o‘tkazish, yangi do‘stlar orttirish, yaqinlashayotgan o‘quv mavsumiga alo kayfiyat va unutilmas taassurot hamda yangi bilimlar bilan yo‘l olish imkoniyati «Zomin Sunrise»da!

Murojaat uchun telefon: +998 95 144 77 33

Bizning saytimiz: http://zominsunrise.uz

Telegramdagi kanalimiz: https://t.me/zominsunrise

Instagramdagi sahifamiz: https://instagram.com/zominsunrise

Feysbukdagi sahifamiz: https://facebook.com/zominsunrise


Reklama huquqi asosida

Top