01:05 / 07.07.2018
26062

Arxitektura mo‘'jizasi: 27-qavatdagi tomosha g‘ildiragi

2012 yilda Gruziyaning Batumi shahrida Qora dengiz bo‘yida arxitektor David Gogichaishvilining loyihasi bo‘yicha antiqa bino qurilishi yakunlangan. Binoning antiqaligiga esa uning 27-qavatida tomosha g‘ildiragi o‘rnatilgani sababdir. Tomosha g‘ildiragi 8 ta kabinadan iborat bo‘lib, 40 kishiga mo‘ljallangan.

Foto: RED–Co

Dastlab binoda Gruziya-AQSh texnologiya universiteti joylashishi kerak bo‘lgan. Biroq universitetni ochish rejalari amalga oshmagan va bino 2015 yilda RED–Co qurilish kompaniyasiga 25 mln dollarga sotilmaguncha bir necha yil bo‘shab yotgan. 

Foto: RED–Co
Foto: RED–Co

Keyinchalik binoda va unga yondosh inshootlarda 5 yulduzli mehmonxona, kazino, spa- va fitnes-markazlar, restoranlar hamda qimmatbaho turar joylar joylashtirilgan.

Foto: RED–Co

 

Top