01:21 / 07.07.2018
37383
Qozog‘istonliklar noodatiy rekord o‘rnatishdi 
Foto: Laura Balmaganbetova

Qozog‘istonning Oqto‘besida shifokorlar Ginnes rekordini yangilashdi: ular bir soat ichida 4270 kishining qon bosimini o‘lchashga muvaffaq bo‘lishgan. Ommaviy tadbirda 500 tibbiy xodim ishtirok etgan.    

Tadbir Salomatlik bog‘ida o‘tgan. Qon bosimini o‘lchatish uchun bu yerga 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 4 mingdan ko‘proq odam yig‘ilgan. Shifokorlar nafaqat qon bosimini o‘lchashgan, balki o‘z tavsiyalarini berishgan.

Oqto‘be viloyatida bunday tadbir ilk bor o‘tkazilgan. Ta'kidlanishicha, bundan maqsad ushbu muammoga e'tibor qaratish bo‘lgan. Arterial gipertoniya yurak va tomirlarning eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri bo‘lib, u bejizga “bilinmas qotil” deb atalmaydi, chunki u deyarli hech qanday asoratsiz kechadi.

Foto: inform.kz
Foto: Laura Balmaganbetova
Foto: Laura Balmaganbetova
Foto: Laura Balmaganbetova

Avvalgi rekord natija Hindistonda 2015 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, unda bir soatda 3600 kishining qon bosimini o‘lchashga muvaffaq bo‘lingan. 

Top