12:41 / 09.07.2018
6205

Xiaomi Honkong birjasida ilk IPO savdolarini o‘tkazdi

Foto: VC.ru

Xitoyning smartfonlar, xo‘jalik texnikalari va ilovalar ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi Honkong birjasida IPO savdosini o‘tkazdi. Savdoga qo‘yilgan aksiyalarning bir donasi 17 Honkong dollaridan (2,17 AQSh dollariga yaqin) sotuvga chiqarildi, deb xabar qilmoqda vc.ru. Savdo boshlanishidan so‘ng, aksiyalar qiymati 3 foizgacha pasayib, 16,5–16,6 honkong dollarini tashkil etgan. 

IPO boshlangunga 3 kun qolganida kompaniya aksiyasini 5-10 foiz arzonroq xarid qilishga doir takliflar paydo bo‘ldi. Bu AQSh-Xitoy savdo urushi davom etayotgan bir vaqtda investorlarning Xiaomi aksiyalariga qiziqishi yo‘qligini anglatadi. Shunga qaramay, kompaniya savdo boshida 4,72 mlrd dollar jalb etishga erishgan.

Kompaniyaning bozor narxi savdo boshida 54,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Goldman Sachs, JP Morgan va Morgan Stanley banklarining taxminlariga ko‘ra, kelgusida kompaniya kapitallashuvi 92 mlrd dollarga yetishi mumkin. 

Foto: sohu.com

 

Mavzuga oid
Top