07:15 / 10.07.2018
3545

BMT XK bolalarni ixtiloflar vaqtida himoya qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi

Foto: Xinhua/Li Muzi

BMT Xavfsizlik kengashi 9 iyulda bolalarni qurolli ixtiloflar vaqtida himoya qilish choralari bo‘yicha 2427-sonli rezolyutsiyani bir ovozda qabul qildi. Rezolyutsiya XKda iyulda raislik qiluvchi Shvetsiya tomondan taklif qilingan.

Hujjatga ko‘ra, XK ixtiloflarni bartaraf etish sharoitlarida, ixtiloflar vaqtida va ixtilofdan keyingi vaziyatlarda amalga oshiriladigan barcha tegishli tadbirlar kontekstida bolalarni himoyalash masalalarining kompleks hisobga olinishini ta'minlashga” chaqiradi. 

XK, shuningdek, ixtilofning barcha tomonlarini “bolalarga xavfsiz, o‘z vaqtida va to‘siqlarsiz gumanitar yordam ko‘rsatilishini ta'minlashga” chaqiradi va “maktablar va shifoxonalarga hujumlar va tahdidlarni qat'iyan qoralaydi”.  

Bundan tashqari, hujjatda davlatlar qurollangan guruhlar bilan bog‘langan bolalarga jazo sifatida qamoqqa olish o‘rniga “ularni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish”ni ko‘rib chiqishiga chorlov bor.

“Rezolyutsiya evaziga bolalarni himoyalash jarayoni ishtirokchilari ixtilofning tomonlari bilan dastlabki bosqichlarda o‘zaro harakat uchun siyosiy ko‘mak olishadi. Shu sababli bu bolalarga qarshi qoidabuzarliklar o‘tmishda qolishi uchun tarixiy ondir”, deb aytgan o‘z dokladida BMT bosh kotibining bolalar holati va qurolli ixtiloflar masalalari bo‘yicha vakili Virjiniya Gamba.

Top