22:03 / 10.07.2018
10846

Honda dunyodagi eng tez o‘t o‘ruvchi mashinani taqdim qildi

Yaponiyaning Honda avtogiganti va British Touring Car Team Dynamics kompaniyasi dunyodagi eng tez o‘t o‘ruvchi mashinani (gazonokosilka) taqdim qildi. Qurilma 240 km/soatdan ko‘proq tezlikka erisha oladi.


 

Bunday tezlikka erishish uchun qurilmaning motori yangidan loyihalanmadi. U tezkor bo‘lishi uchun mutaxassislar maxsus platformaga CBR1000RR Fireblade sportbayki dvigatelini o‘rnatishgan. Natijada Honda’ning o‘t o‘ruvchi mashinasi quvvat/og‘irlik nisbati bo‘yicha bir tonna og‘irlikka ming ot kuchini oldi. 

Qurilmani ishlab chiqqan mutaxassislar yaqin orada maxsus trassada tezlik rekordini (240 km/soatdan ko‘proq) o‘rnatishni mo‘ljallashmoqda.

Mavzuga oid
Top