20:50 / 10.07.2018
75286

Rasman: Ronaldu «Yuventus»ga o‘tdi

Foto: Squawka

«Real» Krishtianu Ronalduni «Yuventus»ga sotayotganini rasman tasdiqladi. Bu haqdagi ma'lumot madridliklar klubi saytida e'lon qilingan.

«Real» hamisha sening uying bo‘lib qoladi», — deyilgan «qaymoqranglilar» klubi matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalgi xabarlarda, Ronaldu «Yuventus» bilan 4 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani, unga ko‘ra futbolchi yiliga 30 million yevro maosh olishi aytilgandi. 

Ushbu 33 yoshli portugaliyalik futbolchi transferi uchun turinliklar 105 mln yevro to‘laydi.

33 yoshli portugaliyalik futbolchi 2009 yili «Manchester Yunayted»dan «Real»ga kelgandi. O‘shanda madridliklar futbolchi uchun rekord darajadagi 93 million yevroni to‘lashgan.

Ispan klubida Ronaldu jami 15 sovrin yutdi.

Jumladan, u 4 marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan, ikki marta Ispaniya chempionati g‘olibi bo‘lgan, ikki marta Ispaniya Kubogida, ikki marta Ispaniya Superkubogida, ikki marta UYeFA Superkubogida, 3 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan.

Ronaldu «Real» safida jami 438 o‘yin o‘tkazib, 450 gol urgan. U bu borada klub rekordchisidir.

Mavzuga oid
Top