19:36 / 11.07.2018
7865

Hindiston hukumati Toj Mahalni asrashda oqsoqlikka yo‘l qo‘yayotgani aytildi

Foto: getty images

Hindiston Oliy sudi shunday ayblov qo‘ygan va aytishicha, federal va shtat hukumati obida holatini yaxshilashga panja ortidan qarab kelayapti. Organ XVII asrga tegishli yodgorlikning zararlanishi borasidagi xavotirlar ifodalangan petitsiyaga javoban izoh berdi.

Kuniga 70 ming sayyohni jalb qiluvchi Toj Mahal dunyoning yetakchi turistik makoni hisoblanadi. Joriy yilning mayida sud hukumatga binoning marmar strukturasidagi ranglarni o‘zga tusga kirganligini va muammoni bartaraf etish uchun xorijdan yordam so‘rashi haqida buyruq chiqargan. Shuningdek, oq marmar va boshqa qurilish materiallaridan qurilgan qabr sarg‘ish, keyinchalik malla, yashil tusga kirganligini ham qo‘shib qo‘ydi. Ifloslanish, konstruksiya ishlari va hasharot kabilar bunga sabab bo‘lgan. Huqumat bunga javoban Toj Mahalni asrash borasida maxsus choralar ko‘rishi haqida axborot bergan. 

Obida yaqinida minglab zavodlar yopilganiga qaramasdan oq marmar jilosini yo‘qotib boryapti. Toj Mahal yaqinida oquvchi Yamuna daryosidagi kanalizatsiya hasharotlarni o‘ziga chorlamoqda. Ular esa devorlarda qoldiqlar qoldiryapti va devor rangini o‘zgartirib qo‘ygan.

Top