11:51 / 11.07.2018
5382

"SOCIETY" jurnalining navbatdagi soni O‘zbekistonga ataldi

Yevropada eng mashhur nashrlardan biri - "SOCIETY" jurnalining navbatdagi soni O‘zbekistonga ataldi. Taqdimot  Vena shahrida o‘tkazildi.

Unda 300 nafardan ortiq diplomatik korpus vakillari, tadbirkor-investorlar, O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Sh.Asadov va "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi raisi B.Sharipov ishtirok etdi.

Foto: O‘zbekipaksanoat

“Ushbu nufuzli jurnalning navbatdagi soni aynan O‘zbekistonga atalganining o‘z sabablari bor,– deydi jurnal bosh muharriri Gertrud Tauxammer.– Shaxsan o‘zim joriy yilning aprel oyida “O‘zbekipaksanoat" uyushmasi taklifiga kӯra O‘zbekistonda bo‘ldim. O‘zim uchun juda ko‘plab yangiliklar oldim. Shuningdek, uyushmaning bir yilligi munosabati bilan Buxoro shahrida o‘tkazilgan Xalqaro forumda ishtirok etib, O‘zbekiston va o‘zbek ipakchiligi haqidagi ulkan  taassurotlar  bilan qaytgan edim”.

Taqdimotda O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Sh.Asadov va "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi raisi B.Sharipov yig‘ilganlarga mamlakatimizda biznes va tadbirkorlikka, xorijiy investorlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, qulay investitsiya va biznes muhiti, pillachilik tarmog‘i istiqbollari haqida so‘zlab berdilar.

Prezidentimiz olib borayotgan bu kabi yangiliklar xorijliklarda katta qiziqish uyg‘otdi. Venadagi  bog‘da davlatimizning do‘stlik daraxti sifatida -tut niholi ekildi.

Foto: O‘zbekipaksanoat
Foto: O‘zbekipaksanoat
Foto: O‘zbekipaksanoat
Mavzuga oid
Top